Bahraynda Xasbikdan dastxat olishda katta navbat yuzaga keldi (Video)

Sport

image

Instagram'da Xasbik nomi bilan mashhur dog‘istonlik bloger Xasbulla Magomedovning muxlislari Bahrayn ko‘chalaridan birida undan dastxat olmoqchi bo‘lib, katta navbat hosil qilishdi. BRAVE promoushenida ishtirok etayotgan rossiyalik mashhur jangchi Eldar Eldarovning ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan videosida muxlislar Xasbikdan dastxat olayotganini ko‘rish mumkin.

“Bahrayn Xasbullani yaxshi ko‘radi. Hamma Xasbullani yaxshi ko‘radi. Promushenning maxsus mehmoni”, deb video pastiga yozib qoldirgan Eldarov.

Xasbulla  bir necha yillardan beri MMA olamida mashhur. Uning bo‘yi atigi 93 sm va og‘irligi taxminan 18 kg. Shu yilning sentyabr oyida u UFC bilan besh yillik shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi, bu shartnoma turnirlarga tashrif, PR va OAV bilan hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Ma’lumot uchun, Xasbik bundan avval BAA poytaxti Abu-Dabi mezbonlik qilgan UFC 280 promousheni tadbirlarida ham ishtirok etgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing