Bahrayn Bosh vaziri vafot etdi 

Olam

image

Bahrayn Bosh vaziri Xalifa bin Salmon Al-Xalifa vafot etdi. Bu haqda "Bahrain News Agency" xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, Bahrayn Bosh vaziri mamlakat qiroli Hamad ibn Iso Al-Xalifaning yaqin qarindoshi bo‘lgan. Ya’ni, Bahrayn qiroli marhumning jiyani edi. 

Manbaga ko‘ra, Bosh vazir Xalifa bin Salmon Al-Xalifa bugun, 11 noyabr kuni ertalab AQSHdagi klinikada vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, u 1970 yildan buyon Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, qirollik oilasi a’zosining vafoti munosabati bilan mamlakatda bir haftalik motam e’lon qilinadi. Qirollikning vazirlik va idoralari ishlari ertaga, 12 noyabrdan boshlab uch kunga to‘xtatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

XALIFA BIN SALMON AL-XALIFA

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar