Bahorda tug‘ilgan Britaniya Qirolichasi 95 yoshga kirganini tantanali nishonladi

Olam

image

1926 yilning 21 aprelida tug‘ilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 12 iyun kuni o‘zining 95 yoshini nishonladi. Koronavirus pandemiyasi sababli, o‘tgan yilning noyabridan beri o‘zini izolyatsiya qilgan monarx Vindzor qasrida ketma-ket ikkinchi yil kamtarona marosim o‘tkazmoqda.

Yelizaveta II ning tavallud kuni iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Bu safar qirolichaga 85 yoshli amakivachchasi, Kent knyazi Edvard hamrohlik qildi.

Tantanali tadbir iyun oyining quyoshli kunida XI asrga tegishli qal’aning hovlisida bo‘lib o‘tdi. Marosimga tashrif buyurgan monarx tadbirni kuzatish uchun oq ayvon ostidan o‘z o‘rnini egalladi. Shotlandiya gvardiyasining birinchi bataloni qirolichaga tazim qildi.

<p>The Queen and the Duke of Kent</p>

Tadbir Qirollik gvardiyasi diviziyasining harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan “Xudo qirolichani asrasin” milliy madhiyasi kuylari ostida o‘tdi. Bu yil orkestrga Shotlandiya gvardiyasi qo‘shilib, o‘zlarining an’anaviy cholg‘ulari — bagpipesda musiqa chaldi.

The event at Windsor Castle replaces the ceremony normally staged in central London

Savol paydo bo‘lishi mumkin, nega 21 aprelda tug‘ilgan Britaniya qirolichasi 95 yoshni qarshi olganini bugun, 12 iyun kuni nishonlayapti? Shu o‘rinda qayd etish kerakki, joriy yilning 9 aprelida Qirolichaning turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi Filipp hayotdan ko‘z yumgan edi. Biroq Yelizaveta II ning yozda tug‘ilgan kun qilishi erining vafoti bilan bog‘liq emas.

The Guardsmen showed their precision marching skills while maintaining a social distance of just over two metres

Gap shundaki, Britaniya monarxlarida tug‘ilgan kunni yilda ikki marotaba nishonlash odati bor. Bu an’ana Qirol Jorj II (1683-1760) davridan boshlangan. 1748 yilning noyabrida tug‘ilgan Qirol Jorj II tug‘ilgan kuni ob-havo yaxshi bo‘lganida, ya’ni yozda nishonlashga qaror qilgan. Yomg‘irli bahor faslida tug‘ilgan Yelizaveta II ham ushbu an’anani saqlab qolgan.

 

Queen Elizabeth II during a ceremony at Windsor Castle in Berkshire to mark her official birthday.

The Red Arrows fly over Windsor Castle to mark the official birthday of Queen Elizabeth II. Picture date: Saturday June 12, 2021.

Members of the Household Cavalry make their way down the Long Walk after leaving Windsor Castle to mark the official birthday of Queen Elizabeth II.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing