Britaniya kvartali Greenwich 8 foiz bayram chegirmasini sovg‘a qiladi

Biznes

image

O‘tgan yil davomida insonlar xorijga chiqishni sog‘indi. Quvonchli oilaviy sayohatlar, faol hordiq chiqarish va diqqatga sazovor joylar tomoshasi, shoping turizmi keyinga qoldirildi. Biz Yevropa shaharlarida sayrlar qila olmas ekanmiz, Yevropaning o‘zi bizning oldimizga keladi.

Golden House kompaniyasi bizga Yevropaning bir qismi bo‘lmish Britaniya uylarini Britaniya kvartali Greenwich'da taklif qiladi. Buning ustiga, 1-martdan 9-martgacha “biznes” va “komfort” toifasidagi xonadonlar sizga ancha arzonga tushadi: har bir xaridorga bayramona 8 foiz chegirmalar sovg‘a qilinadi.

Greenwich turar joy majmuasi Golden House'ning eng nafis va salobatli loyihalaridan biri. Bu barcha zarur infratuzilma ob’ektlariga ega va an’anaviy inglizcha uslubda barpo etilgan sakkiz qavatli binolarni o‘zida mujassam qilgan butun bir dahadir. Granit, fibrobeton va sirtqi g‘isht bilan pardozlangan o‘zgacha uslubdagi qizg‘ish-oq fasadlar The Union Jack Buyuk Britaniya bayrog‘i ranglarini eslatadi. Vestminster saroyidagi kabi burchaklarda joylashgan soat binolari sizni go‘yoki kichik bir Britaniyaga olib kelgandek bo‘ladi.

Britaniya kvartali biznes va komfort toifasidagi 15 ta binoni o‘z ichiga oladi. 47–221 m2 maydonga ega 30 dan ziyod tarhlardagi xonadonlar mavjud. Ular shunday rejalashtirilganki, bu har bir kvadrat metrdan imkon qadar samarali foydalanish imkonini beradi.

Biznes toifasida 2, 3 va 4 xonali xonadonlar taklif qilinadi. Bu yerda siz barchasini o‘z didingizga muvofiq amalga oshirishingiz mumkin. Ushbu turdagi xonadonlar tarh va dizaynning noodatiy yechimlarini xush ko‘ruvchi ijodiy insonlarga mos keladi. 

Komfort toifasidagi 2, 3 va 4 xonali xonadonlar to‘liq ta’mirlangan tayyor holda taqdim etiladi: shunchaki ko‘chib keling va yashashni boshlang! Bunday xonadonlarni loyihalashda dizaynerlar ishi ko‘rinib turadi: eng sifatli materiallar va amaliy jihatdan qulay bo‘lgan interer yechimlari tanlangan. Har bir mayda detallar puxta o‘ylangan — "rozetka"dan tortib kommunikatsiya tizimlarigacha to‘g‘ri joylashtirilgan. Xaridorlarni yana bir sovg‘a kutmoqda: gaz plitasi, havo tortish uskunasi, "duxovka" va idish-tovoq yuvish joyini o‘z ichiga olgan zamonaviy va texnologik oshxona garnituri sovg‘a tariqasida!

Komfort toifasidagi xonadonlar narx va qurilish sifati orasidagi muvozanatni istaganlar tomonidan nihoyatda talabbop. Golden House bu talabni inobatga olgan holda majmua ichida yana bir komfort toifasidagi uyni taqdim etdi. "Britaniyaning bir qismi"ni yoqimli bahoriy narxlarda xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang! Faqatgina 9-martgacha!

Greenwich haqida batafsil ma’lumot olish uchun call-markazga murojaat qiling yoki savdo ofisiga tashrif buyuring.

Call-markaz: (+998) 78-150 −11−11

Greenwich savdo ofisi: Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi

Mo‘ljal: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing