Bahodir Jalolovning oilasi og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

Bugun, 13 dekabr kuni o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning bobosi vafot etdi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Joyingiz jannatdan bo‘lsin bobojon! Otamdan qolgan yodgorim olamdan o‘tdilar. Yaqinlar, bobomning xaqlariga duo qilib qo‘yinglar!” deya yozgan Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni Bahodir Jalolov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional boksdagi o‘zining 9-jangini o‘tkazib, birinchi zarbasidayoq raqibini nokautga uchratgan edi.

Ma’lumot uchun, “Big uzbek” havaskor boksdagi faoliyati davomida 4 karra Osiyo chempioni bo‘lgan. Jahon chempionatida esa oltin (2019) va bronza (2015) medallarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5323

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing