Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 5 aprel kuni o‘tkazadi. Bu haqda bokschining o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

O‘sha kuni Jalolov Qozog‘istonning Ostona shahrida “Top Rank” tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha Jalolovning raqibi kimligi aniq emas.

Qayd etish joiz, fevral oyi boshida Jalolov professional boksdagi 15-jangini o‘tkazishi kerak edi, biroq bokschining jangi labidagi uchuq sabab bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Jalolov professional boksdagi faoliyatida 14 ta jang o‘tkazib, barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. U profringdagi so‘nggi jangini 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonga qarshi o‘tkazib, raqibini birinchi raundning o‘zida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston boks Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing