Bahodir Jalolovning AQSHdagi jangi bekor qilindi
Sport
−
24 iyul 14554 1 daqiqa
O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolovning AQSHda 26 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jangi bekor qilindi. Bu haqda “Top Rank” xabar berdi.
Jalolov AQSHning Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Skver Garden”ning kichik arenasi – Madison Square Theaterʼda italiyalik Janmarko Kardilloga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq Kardillo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jangda ishtirok eta olmasligi ma’lum qilingan.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 15 marta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Jalolov o‘zining so‘nggi jangini 5 aprel kuni Ostonada o‘tkazgan va professional faoliyatida birinchi marta raqibini nokautga uchrata olmagan edi. U ukrainalik Igor Shevadzutskiyni 10 raund davom etgan to‘qnashuvda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan.
Live
Barchasi