Bahodir Jalolov o‘zbek va qozoq boksini taqqosladi
Sport
−
01 fevral 2023
20899O‘zbekistonlik professional bokschi, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov o‘zbek va qozoq boksini taqqosladi. Sportchi yangi IBA reytingida nega Qozog‘iston O‘zbekistonni ortda qoldirganiga ham izoh berdi.
“Havaskor boksda O‘zbekiston dunyoda birinchilar qatorida turadi. Tailandda o‘tgan Osiyo chempionati ham O‘zbekiston chempionatiga aylanib ketdi. Bokschilarimiz 10 ta vaznda 9 ta oltin medal qo‘lga kiritdi. Tarixda bunaqasi bo‘lmagan. Qozog‘iston oxirgi Jahon chempionatida bizdan ko‘ra ko‘proq medal qo‘lga kiritgani uchun reytingda O‘zbekistondan yuqori o‘rinni egallagan bo‘lishi mumkin, chunki reytingni tuzishda Qozog‘iston qizlarining ham mundialdagi natijalariga e’tibor berilgan. Umumiy hisoblaganda biz yirik musobaqalarda Qozog‘istondan ustun bo‘lib kelganmiz va aytishim mumkinki, bizning boks qozoq boksidan kuchli” deydi Jalolov.
Ma’lumot uchun, Tailandda bo‘lib o‘tgan U-22 Osiyo chempionatida O‘zbekiston jamoasi erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 10 ta vaznda g‘oliblik uchun bahsga kirishib, yakunda 9 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Bokschilarning bu natijasi keyingi IBA reytingiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent mezbonlik qiladigan mundial bahslariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr