Bahodir Jalolov BRICS o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
20 iyun
7262Kecha, 19 iyun kuni Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan 5-BRICS sport o‘yinlarining boks bahslari boshlandi.
+92 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov dastlabki jangida xitoylik Remula Abudurixitini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
-71 kg vaznda musobaqada ishtirok etayotgan Havasbek Asadullayev, o‘zining birinchi bahsini afg‘onistonlik Farazahmat Amiriga qarshi o‘tkazdi va qiyinchiliksiz g‘alabaga erishdi. -60 kg vaznda esa Dilshod Abdumurodov ozarbayjonlik Maqsud Hasmetovni mag‘lubiyatga uchratdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonliklardan -92 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschi Madiyor Sayidrahimov, o‘z bahsida qirg‘izistonlik Bakit Toktosundan ustun keldi.
Ayollar o‘rtasida Saidaxon Rahmonova, Sabina Boboqulova, Rashida Tagirova, Hadichabonu Abdullayeva va Diyoraxon Abdummanobova ilk bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashdi.
O‘zbekistonlik ayol bokschilardan -75 kg vaznda Aziza Zokirova va -54 kg vaznda Nigina O‘ktamova g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
LiveBarchasi