Bahodir Toshmatov Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisligidan ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Xamidovich Toshmatov lavozimidan ozod etildi. U Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Toshmatov shu yilning martidan Prezident Davlat xavfsizlik xizmatini boshqarib kelayotgan edi, 2017−2020 yillarda Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lib ishlagan.

Bahodir Toshmatov (1964 yilda tug‘ilgan) Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, shuningdek, Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dotsent.

U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlarida qo‘mondonlik shtabining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992−1999 yillarda Mudofaa vazirligining rahbar lavozimlarida ishlagan, 1999−2008 yillarda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan.

2008−2011 yillarda u mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, so‘ngra 2011−2013 yillarda — O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lib ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlanishidan oldin u mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Toshmatov

Baholaganlar

1110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing