Bahorda tug‘ilgan Britaniya Qirolichasi 95 yoshga kirganini tantanali nishonladi
Olam
−
12 iyun 2021
47511926 yilning 21 aprelida tug‘ilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 12 iyun kuni o‘zining 95 yoshini nishonladi. Koronavirus pandemiyasi sababli, o‘tgan yilning noyabridan beri o‘zini izolyatsiya qilgan monarx Vindzor qasrida ketma-ket ikkinchi yil kamtarona marosim o‘tkazmoqda.
Yelizaveta II ning tavallud kuni iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Bu safar qirolichaga 85 yoshli amakivachchasi, Kent knyazi Edvard hamrohlik qildi.
Tantanali tadbir iyun oyining quyoshli kunida XI asrga tegishli qal’aning hovlisida bo‘lib o‘tdi. Marosimga tashrif buyurgan monarx tadbirni kuzatish uchun oq ayvon ostidan o‘z o‘rnini egalladi. Shotlandiya gvardiyasining birinchi bataloni qirolichaga tazim qildi.
Tadbir Qirollik gvardiyasi diviziyasining harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan “Xudo qirolichani asrasin” milliy madhiyasi kuylari ostida o‘tdi. Bu yil orkestrga Shotlandiya gvardiyasi qo‘shilib, o‘zlarining an’anaviy cholg‘ulari — bagpipesda musiqa chaldi.
Savol paydo bo‘lishi mumkin, nega 21 aprelda tug‘ilgan Britaniya qirolichasi 95 yoshni qarshi olganini bugun, 12 iyun kuni nishonlayapti? Shu o‘rinda qayd etish kerakki, joriy yilning 9 aprelida Qirolichaning turmush o‘rtog‘i Edinburg gersogi Filipp hayotdan ko‘z yumgan edi. Biroq Yelizaveta II ning yozda tug‘ilgan kun qilishi erining vafoti bilan bog‘liq emas.
Gap shundaki, Britaniya monarxlarida tug‘ilgan kunni yilda ikki marotaba nishonlash odati bor. Bu an’ana Qirol Jorj II (1683-1760) davridan boshlangan. 1748 yilning noyabrida tug‘ilgan Qirol Jorj II tug‘ilgan kuni ob-havo yaxshi bo‘lganida, ya’ni yozda nishonlashga qaror qilgan. Yomg‘irli bahor faslida tug‘ilgan Yelizaveta II ham ushbu an’anani saqlab qolgan.
Her Majesty wielding a sharp sword, and an even sharper tongue 🤣 pic.twitter.com/PulzMpj86Y
— Thomas Newton (@SkyTNewton) June 11, 2021
LiveBarchasi