Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolovning profboksdagi navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.  U amerikalik charm qo‘lqop ustasi Kyortis Xarper bo‘lib, ular o‘rtasidagi jang joriy yilning 26 noyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi boks kechasida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston vakili Jalolovning aytishi bo‘yicha jang 10 raunddan iborat bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Kyortis Xarper profboksda 22 ta jang o‘tkazib, janglarning 14 tasida g‘alabaga erishgan. 8 ta to‘qnashuvda esa mag‘lub bo‘lgan. 

Unga raqiblik qiluvchi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov  profboksda 11 ta jang o‘tkazgan hamda bahslarning barchasida muddatidan avval g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov Instagram'da Bahodir Jalolovga o‘zaro jang o‘tkazish ma’nosida murojaat qilgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

699

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing