Beyl “Barselona”ga o‘tishi mumkin

Sport

image

Uels terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl yozgi transfer oynasida “qaymoqranglilar” safini tark etishi ma’lum bo‘ldi.

Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan keyingi mavsumda futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Shu boisdan “Real” prezidenti Florentino Peres futbolchining agenti Jonatan Barnettga forvard dunyoning istalgan klubiga o‘tishi mumkinligini aytgan. Agar “Barselona”dan taklif tushsa, uelslik Kataloniya jamoasiga o‘tishi mumkin. 

Ma’lum bo‘lishicha “qaymoqranglilar” rahbariyati Beyl transferidan 80 mln yevro ishlab olmoqchi.

Beylning katta maoshi (yiliga 20 mln yevro) xaridorlarni cho‘chitmoqda. Agar forvard 12 mln yevrolik maoshga rozi bo‘lsa, “Manchester Siti” uni xarid qilishga urinib ko‘rishi mumkin. “Tottenxem” esa futbolchini ijaraga olib, uning maoshini yarmini to‘lab borishga tayyor.


Maqola muallifi

Teglar

Real Beyl

Baholaganlar

72

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing