“Azov” Rossiya qo‘shinlarining Donetskdagi yonilg‘i ta’minotini yo‘q qildi

Olam

image

Ukraina Milliy gvardiyasining 1-korpusi – “Azov” bo‘linmalari Donetsk viloyatining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarida joylashgan bir qator yonilg‘i saqlash va ta’minot ob’ektlarini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda korpus o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, operatsiya “Peklo-2” deb nomlangan bo‘lib, bir oy davomida amalga oshirilgan. “Azov”ga ko‘ra, nishonga olingan ob’ektlar Rossiya qo‘shinlarini yonilg‘i bilan ta’minlash uchun foydalanilgan.

“Bir oy avval bosqinchilarni ogohlantirgan edik: “Azov” ularning harakatlarini kuzatmoqda va kerakli vaqtda zarba beradi. Shunga qaramay, Rossiya Qurolli kuchlarining ayrim bo‘linmalari bosib olingan Donetsk hududida yonilg‘i saqlashda davom etdi”, deyiladi bayonotda.

Bo‘linma tomonidan e’lon qilingan xaritada Rossiya qo‘shinlarining yonilg‘i saqlash va ta’minot ob’ektlari qizil nuqtalar bilan belgilangan. “Azov” ushbu ob’ektlarning bir oy ichida yo‘q qilinganini ta’kidlagan.

Shuningdek, korpus fuqarolik yonilg‘i quyish shoxobchalari va tinch aholi nishonga olinmayotganini, zarbalar faqat Rossiya okkupatsion kuchlarining harbiy infratuzilmasiga qaratilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Samara viloyatidagi “Roskosmos”ga qarashli “Progress” markazi, Savasleyka aerodromi hamda Ust-Lugadagi neft ob’ektiga zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing