Azizxon Umarxonov Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 avgust Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga  Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.

Azizxon Umarxonov 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan. 

2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Deputatlar reglamentga muvofiq  Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.

Eslatib o‘tamiz, Olmazor tumanining avvalgi hokimi Abdumajid Mullajonov koronavirusdan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing