Azizbek O‘runov Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili Azizbek Allaberganovich O‘runov o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, Elyor Xolmatovich Talaboyev O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati bosh inspektori lavozimidan ozod  etildi. 

Furqat Zokirovich Jalilov O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Azizbek O‘runov 2025 yilning iyulidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimida ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing