Aziz G‘aniyev “Shabab Al-Ahli” bilan shartnomasini uzaytirdi
Sport
−
24 Iyun 2023 3995 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Aziz G‘aniyev klubi bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchining vakillari va klub rahbariyati o‘rtasida uzoq cho‘zilmagan muzokaralar davomida tomonlar shartnomani “1+1” ko‘rinishida uzaytirishga kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “Shabab Al-Ahli” nomidan BAA chempionatida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr