Ajabo! Rossiya besh nafar o‘lgan amerikalikni ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image

Rossiya kamida besh nafar vafot etgan AQSH fuqarosini "qora ro‘yxati"ga kiritildi. Ular uchun Rossiyaga kirish bir umrga taqiqlandi. Buni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan ro‘yxat tasdiqlaydi.

Shunisi e’tiborliki, Rossiya rasmiylari ularning o‘limidan xabardor, ammo sanksiyalar rejimini saqlab qolish zarur deb hisoblaydi. Sanksiyalangan 963 nafar amerikalik orasida besh kishi "o‘lgan" deb belgilangan va o‘lim sanasi ham yozib qo‘yilgan. 

Rossiya TIVning rasmiy bayonotida aytilishicha, ularga nisbatan "doimiy asosda (Rossiyaga) kirishga taqiq" qo‘yilgan.

Xususan, sobiq senator Jon Makkeyn (2018 yilda vafot etgan), sobiq kongressmen Elsi Gastings (2021 yilda vafot etgan), joriy yil boshida vafot etgan Markaziy razvedka boshqarmasi direktorining sobiq birinchi o‘rinbosari Melissi Drisko, sobiq sudya Stiven O'Nilu, sobiq amerikalik harbiy Jeremi Sivitsga mamlakatga kirish taqiqlangan. 

Avvalroq, Tashqi ishlar vazirligi saytida Rossiya Federatsiyasiga doimiy asosda sayohat qilish taqiqlangan Amerika fuqarolarining ro‘yxati e’lon qilgandi. 

Unga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Prezidentning o‘g‘li Xanter Bayden, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, taniqli aktyor Morgan Friman va Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham kiritilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, bular “AQSH tomonidan doimiy ravishda joriy etilayotgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi javob choralari”.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

431

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing