Ajabo! Borrel HAMASni moliyalashtirishda Isroilni aybladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Isroilni “HAMASni tashkil qilish va moliyalashtirishda” aybladi. Bu haqda u kecha, 19 yanvar kuni kechqurun Ispaniyaning Valyadolid shahridagi universitetda nutq so‘zladi.

Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni Isroil va Falastin davlatlari o‘rtasida yonma-yon yashash tamoyiliga asoslanib, hal qilishga chaqirdi.

“Biz tinchlikni ta’minlash uchun ikki davlat yechimi tashqaridan hal qilinishi kerak, deb hisoblaymiz”, deydi u.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning o‘zi 30 yildan beri bunday tartibga solishni “boykot qilib” keladi. 

"Buning oldini olish uchun ularning o‘zlari HAMASni yaratdi. Isroil hukumati Falastinning Fath boshqaruvini zaiflashtirish uchun HAMASni moliyalashtirdi. Agar biz jiddiy aralashmasak, nafrat va zo‘ravonlik spirali avloddan-avlodga o‘tib, dafn marosimi ortaveradi", deydi Borrel.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroni har tomonlama hal etish rejasini ishlab chiqqani ma’lum bo‘lgandi. 22 yanvar kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida Yaqin Sharqdagi mojaro asosiy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing