Azar Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Madridning "Real" klubi va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Sevgingiz uchun, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. 2008 yildan beri birga o‘tkazgan barcha ajoyib daqiqalar uchun rahmat. Bugun men termadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Keyingi avlod tayyor. Men terma jamoani sog‘inaman”, deb yozdi Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Azar 2008 yilning 19 noyabrida Belgiya terma jamoasida debyut qilgan. U termadagi faoliyati davomida 126 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 56 marta "qizil iblislar" sardori sifatida maydonga tushgan.

Azar Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida Belgiya terma jamoasining uchta o‘yinida ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing