Aytamiz ham, qaytamiz ham. Shaharlararo avtobuslar harakati yana yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Transport vazirligi 5 dekabr sanasidan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilinganini ma’lum qilgandi.

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent avtovokzalidan shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda. 
 

“Ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bugungi qatnovlar ro‘yxati:

15:00  Toshkent-Urganch chipta narxi – 155 000 so‘m

16:00  Toshkent-Qorako‘l – 95 000 so‘m

17:00  Toshkent-Uzun – 135 000 so‘m

18:00  Toshkent-Buxoro – 89 000 so‘m

18:00  Toshkent-Termiz – 119 000 so‘m

18:30  Toshkent-Xiva – 155 000 so‘m

18:30  Toshkent-Denov – 125 000 so‘m

19:00  Toshkent-Termiz – 119 000 so‘m

19:30  Toshkent-Buxoro – 89 000 so‘m

20:30  Toshkent-Buxoro – 89 000 so‘m


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing