Aytamiz ham, qaytamiz ham. Lukashenko Rossiya boshchiligida Suriyaga qo‘shin kiritadi 

Olam

image

Rossiya hukumati Belarus bilan Suriyada 200 kishigacha bo‘lgan Belarus harbiy kontingentini joylashtirish bo‘yicha muddatsiz kelishuv loyihasini ma’qulladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilingan.  

Shartnoma loyihasida qayd etilishicha, Belarus kontingenti jangovar zonadan tashqarida gumanitar tadbirlarda ishtirok etadi, u Rossiya aviatsiya guruhi joylashgan joyda — Xmeymim aviabazasida joylashtiriladi. 

Belarus guruhining vazifalari va tarkibi Belarus hukumati tomonidan Rossiya bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Harbiylar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Urushayotgan tomonlarni yarashtirish markaziga bo‘ysunadi, ammo Belarus Mudofaa vazirligi qo‘mondonligi ostida qoladi. 

Rossiya Belarus harbiylarini oziq-ovqat, transport, kiyim-kechak, texnik va material vositalar, qurol-yarog‘, harbiy texnika va o‘q-dorilar bilan “bepul” ta’minlaydi, shuningdek, ularni o‘qitadi va hayotiga xavf tug‘ilgan taqdirda Suriyadan evakuatsiya qilinishini tashkil qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bundan bir necha yillar oldin belaruslik askarlarni Suriyaga jo‘natmasligini, mamlakat Konstitutsiyasi bunga yo‘l qo‘ymasligini aytgan. 

“Suriyaga, eronliklar, amerikaliklar, turklar va ruslar o‘rtasiga kirish niyatim yo‘q. Men bu haqda gapirishdan ham qo‘rqaman”, degan u 2019 yilda.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Putin Lukashenko

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made