Ayrim shaxslarning xorijga chiqishiga taqiq kuchaytirildi
Jamiyat
−
16 avgust 10079 1 daqiqa
Sud tomonidan ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir taqiq kuchaytirildi. Bu haqda kecha, 15 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtirilayotganligi munosabati bilan ko‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanmagan, biroq O‘zbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi uchun asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llanadi.
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sudya iltimosnomani ko‘rib chiqib, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Live
Barchasi