Ayrim shaxslarga xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beriladi
Jamiyat
−
04 noyabr 2025 10578 2 daqiqa
O‘zbekistonda ayrim shaxslarga xavfsizlik kamari taqmasliika ruxsat beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan Salomatligi sababli xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar va holatlar ro‘yxati loyihasida keltirilgan.
Unga ko‘ra, jami 17 ta kasallik va holatda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
- umrov va to‘sh suyagi sinishi;
- yelka kamari sinishi;
- qovurg‘alar sinishi;
- umurtqa pog‘onasining kompression sinishi;
- o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);
- bronxial astma (IV bosqich);
- o‘pkaning interstitsial zararlanishi;
- o‘pkaning bir qismi yoki butun qismini (chap yoki o‘ng) olib tashlanishi;
- surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi;
- III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40);
- past bo‘ylik (nanizm) – 150 sm dan past;
- qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;
- terining ko‘krak qismida joylashgan og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklarining og‘ir shakllari (ekzema, psoriaz);
- ko‘krak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar qo‘yilishi;
- ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘iga o‘tkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar;
- stomalar (sun’iy chiqish yo‘li) qo‘yilishi;
- ko‘krak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (o‘sma);
- homilador ayollar.
Hujjat hali kuchga kirgani yo‘q. Ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali shakllantirilgan QR-kodli (shtrixli kod) elektron tibbiy ma’lumotnomalar fuqaro biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan beriladi.
Tibbiy ma’lumotnomaning amal qilish muddati olti oy.
Live
Barchasi