Ayrim mamlakatlarda Ukrainani yutib yuborish g‘oyasi yo‘qolmagan – Putin

Olam

image

Ba’zi davlatlar, jumladan Polsha ham Ukrainani o‘zlashtirish va o‘tmishda tortib olingan hududlarni qaytarish g‘oyasidan haligacha voz kechgani yo‘q. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 4 noyabr kuni Rossiya tarixiy va rus harbiy-tarixiy jamiyatlari tiklanganining o‘n yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shu haqda aytib o‘tdi.

“Ammo o‘sha g‘oya hamon tirik. Va Ukrainani o‘zlashtirish g‘oyasi, u yo‘qolmadi. Lekin buni deyarli hech kim bilmaydi, faqat arxiv hujjatlarida. Bu haqda hatto gapirishyapti – Polshadan tortib olingan hududlarni qaytarish g‘oyasi haqida”, deydi u.

Iyul oyida Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Polsha rahbariyati Ukrainani de-fakto parchalash ssenariylarini ishlab chiqishni boshlaganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Varshava AQSH va Buyuk Britaniya bu rejani qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘lishiga ishonchi komil.

Narishkinning ta’kidlashicha, gap Polsha uchun Birinchi jahon urushidan keyingi tarixiy "kelishuv"ni takrorlashga urinish haqida ketmoqda. O‘shanda kollektiv G‘arbni namoyon etuvchi Antanta Varshavaning Ukrainaning bir qismini egallash huquqini tan olgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha hukumatining bunday harakati butun Yevropaga xavf soladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

471

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing