Ayrim qurilish materiallari importiga boj bekor qilinadi

Jamiyat

image

Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash uchun qurilish tannarxini pasaytirish maqsadida 2025 yilgacha ayrim qurilish materiallari importiga boj bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 5 aprel kuni Prezident raisligida 2023 yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qurilish tannarxini pasaytirish maqsadida:

- 2025 yilga qadar yog‘och, fanera, yog‘ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona bojini bekor qilish;
- yuqori markali sement bo‘yicha bojxona boji imtiyozini yana 1 yilga uzaytirish (buning hisobiga uy-joy qurish tannarxi 5 foizgacha pasayadi);
- pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uyni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bir qavati uchun kredit olish huquqini berish;
- banklar beradigan kreditlarni davlat tomonidan qayta moliyalash amaliyotini davom ettirish;
- quruvchilarga kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibini takomillashtirish;
- aholiga o‘z uyini energiya tejamkor materiallardan foydalanib ta’mirlashiga 10 yilga 16,5 foizdan 80 million so‘mgacha kredit berishga qaror qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

uy-joy qurilish materiallari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing