Ayrim davlat buyurtmalariga oid ma’lumotlar majburiy e’lon qilinadi

Jamiyat

image

2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:

•  nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas’ul davlat organlariga kiritish;

•  NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko‘rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;

•  NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.

Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:

•  ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
•  loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;
•  kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
•  davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.

Ma’lumot uchun, mazkur elektron portal Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn xizmat ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing