Ayrim davlat bog‘chalarida to‘lov miqdori kamaytiriladi
Jamiyat
−
02 yanvar 2023 6719 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi.
Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagicha kamaytiriladi:
5-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
4-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
3-toifadagi tumanlarda — 30 foiz.
Live
Barchasi