Ayrim aholi punktlari nomlari tasdiqlandi
Jamiyat
−
27 may 2021
4920Xalq deputatlari Samarkand viloyat Kengashi ayrim aholi punktlarini nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.
2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘grisida”gi O‘RQ-303-son Qonunga muvofiq, shuningdek Kadastr agentligining ekspertiza xulosalari hamda nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilish bayonnomalarini inobatga olib, Nurobod va Narpay tumanlaridagi ayrim aholi punktlari nomlari tasdiqlandi.
LiveBarchasi