Ayrim hududlarda bog‘cha puli 50 foizga kamaytiriladi
Jamiyat
−
11:40 3796 1 daqiqa
Joriy yilning 1 aprel kunidan boshlab, ayrim hududlarda bog‘cha puli 50 foizga kamaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yilning 1 aprel kunidan boshlab, Nukus shahri tarkibidagi “Qaratayu” va “Bestobe” Mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun davlat bog‘chalarida bola ta’minoti bo‘yicha ota-onalar to‘loviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Shuningdek, ushbu hududda maydoni 5 ming metr kvadratdan yuqori savdo komplekslari va mehmonxonalar uchun 2027 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvarga qadar yer va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytiriladi.
2028 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpog‘istonda banklar balansidagi mol-mulk ob’ektlari bozor narxida 10 yilga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi. Agar to‘lov 6 oy ichida to‘liq amalga oshirilsa, shartnoma qiymatining 25 foizgacha chegirma beriladi.
Live
Barchasi