Qashqadaryo tarixida ilk bor ayol kishi hokim bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, Mirishkor tumanining so‘kong‘ich hokimi Baxtiyor Rajabov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan G‘ayrat Turdiyevich Begaliyev tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatida yana bir tayinlov amalga oshirildi. Unga ko‘ra, viloyatda ilk bor hokim lavozimiga ayol kishi tayinlandi. 

Qashqadaryo viloyati hokimining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Maqsuda Sayfullayevna Mustafoyeva Qarshi tumani hokimligiga tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 4 mart kuni Andijon viloyati Bo‘ston tumaniga ham ayol kishi hokim bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing