Aynan Xitoydan yordam olish kerak – Nurmat Otabekov xavotirlarga javob berdi

Jamiyat

image

Ijtimoy tarmoqlarida O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda Xitoydan mutaxassislar chaqirmasligi, bu yomon oqibatlarga olib kelishi haqida gaplar yuribdi. Bu qanchalik asosli? Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov shu masalaga oydinlik kiritdi.

“Nazarimda aynan Xitoydan yordam olish kerak. Negaki ushbu davlat koronavirus epidemiyasini yengib, butun dunyoga kasallikni yengish imkoniyati borligini isbotladi. Mutaxassislari esa qariyib 4 oylik karantin davrida katta tajribaga ega bo‘lishdi. Xitoy davlati o‘zi yordam beraman deb turgan paytda, oldi-qochdi gaplarga ishonib undan voz kechish juda katta xato bo‘lardi”, dedi Otabekov.

Otabekov buyrak transplantatsiya jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan shaxslar hamda boshqa surunkali somatik kasalliklarga chalingan aholi ham xavfli guruhga kirishini ta’kidladi.

"Demak, biz ularni kasallanib qolishdan himoya qilishimiz kerak. Har qanday holatda ham kasallikga erta tashhis qo‘yilib, asoratlar yuzaga kelmasdan turib davolash muolajalari boshlansa, jiddiy asoratlarsiz davolab yuborish imkoniyati saqlanib qoladi va mavjud", deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Nurmat Otabekov

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing