Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ildizini quritish yo‘lidagi kurashda oldingizda bo‘laman – Saida Mirziyoyeva (video)

Jamiyat

image

Har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratish lozim. Bunga faqat ta’lim va ommaviy axborot vositalari ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan erishsa bo‘ladi. Bu haqda Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva “Birgalikda zo‘ravonlikni yengamiz!” xalqaro forumidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi eng oldingi safda kurashayotgan barcha fidoyi insonlarga cheksiz minnatdorligimni bildirmoqchiman. Ming afsuski, gender zo‘ravonlik global muammo. Biz jamiyatda bunday jirkanch zo‘ravonlikka hech qanday holatda ham ko‘z yumib turmaymiz. O‘g‘il bolalarga qiz bolaga nisbatan kuch ishlatmaslik kerakligini singdirish zarur”, deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva forumdagi nutqida.

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ayollar huquqlarini ta’minlamasdan turib, rivojlangan va gullab yashnayotgan jamiyatni qurib bo‘lmaydi.

“Men ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik ildizini quritish yo‘lidagi kurashda sizning oldingizda bo‘laman”, deydi Saida Mirziyoyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing