Ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Sport
−
15 may
3599Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 2029 yilgi Osiyo kubogiga O‘zbekiston mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2026 yilgi qit’a birinchiligi Avstraliyada, 2029 yilgi turnir esa O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan tashkilot ijroiya qo‘mitasi kongressida OFK prezidenti Shayx Salmon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish yo‘lida omad tiladi.
“Ishonamizki, O‘zbekistonda 2029 yilda kutilgandan ham a’lo darajada o‘tkaziladigan raqobatbardosh turnirni ko‘ramiz. Biz ikkala a’zo assotsiatsiyaning tegishli tashkiliy qo‘mitasiga rejalashtirish va tayyorgarlik ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz”, deydi Shayx Salmon.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston mezbonlik qiladigan qit’a birinchiligi 2031 yilgi mundialga yo‘llanma beradi.
LiveBarchasi