Ayol o‘zi va bolalarini 9-qavatdan tashlab o‘ldirishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
04 aprel 2023
20558Kecha, 3 aprel kuni kechki payt Toshkent shahri Sergeli tumanida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar prokuratura rahbariyati boshchiligidagi tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, tekshirish harakatlari olib borilgan.
Aniqlanishicha, 3 aprel kuni soat 19:20 larda Sergeli tumani 8-mavzedagi ko‘p qavatli uyda yashab kelgan ayol (1996 y.t.) ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizini qasddan o‘ldirish maqsadida, 9-qavatdan birin ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ngra o‘zi ham oynadan sakrab o‘z joniga qasd qilgan. Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-(qasddan odam o‘ldirish) va 103-(o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma ayol Toshkent viloyati Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022 yil oktyabr oyida yong‘in sodir bo‘lganligi sababli 3 nafar farzandi bilan birga onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, shu yerda istiqomat qilib kelgan hamda ushbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shuningdek, marhumaning turmush o‘rtog‘i hozirda “Umra” ziyorati maqsadida Saudiya Arabistonida ekanligi aniqlangan.
“Tergov guruhi tomonidan ushbu fojianing barcha ehtimoliy sabablarini sinchkovlik bilan tekshirish maqsadida qator tergov taxminlari ishlab chiqilgan. Xususan, oilaviy kelishmovchilik, marhumada kuzatilgan ruhiy o‘zgarishlarga olib kelgan sabablar, o‘z-o‘zini o‘ldirish darajasiga keltirish va boshqa taxminlarning barchasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekshiriladi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
LiveBarchasi