Chet elda qizi qamalgan ayol Prezidentga murojaat qildi

Olam

image

Qozog‘istonlik Zuhra Seytimova Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga murojaat qildi. U o‘z murojaatida qizining chet elda qanday qamoqqa tashlangani, shuningdek tergov jarayoni haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Nur.kz xabar beradi.

Ayolning qizi Akjarkin Turlibay 5 yil oldin Guanchjou aeroportida qo‘lga olingan edi. U giyohvand moddalar kontrabandasi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 

“Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mening qizimni xorijlik odam yollovchilar tomonidan jabrlanuvchi sifatida tan olishlari va uni ozod qilishlari uchun tegishli choralarni ko‘rmayapti", deb yozadi ayol va u Prezidentdan Akjarkinni vataniga qaytarish choralarini ko‘rishda yordam berishini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

qozoq ayoli

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing