Ayol kishi Fransiya Bosh vaziri bo‘ldi
Olam
−
17 may 2022
4325Fransiyaning amaldagi Mehnat vaziri Elizabet Born Bosh vazir lavozimiga tayinlandi, u Jan Kaseks iste’foga chiqqanidan keyin bo‘shatilgan.
Yelisey saroyi bayonotida aytilishicha, 61 yoshli Born Bosh vazir etib tayinlandi va unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasi yuklandi.
Born Transport vaziri (2017-2019), Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri (2019-2020) va Mehnat vaziri (2020-2022) lavozimlarida ishlagan.
Born Fransiya Beshinchi Respublikasining ikkinchi ayol Bosh vaziri bo‘ldi. Ushbu lavozimdagi birinchi ayol Edit Kresson bo‘lib, u bu lavozimni 11 oy - 1991 yil mayidan 1992 yil apreligacha Fransua Mitteranning ikkinchi yetti yillik prezidentlik davrida egallagan.
Eslatib o‘tamiz, keyingi besh yillik uchun Fransiya prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning ikkinchi bosqichida Emmanuel Makron asosiy ovozlarni sanab chiqishdan keyin 58,55 foiz to‘pladi va g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Fransiyada Bosh vazir lavozimi 1958 yilning 4 oktyabr kuni yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum asosida kiritilgan.
Parlamentning vakolatlari sezilarli darajada cheklangan edi. Hukumatning Milliy Assambleya oldidagi asosiy mas’uliyati saqlanib qolgan (u hukumatga ishonchsizlik votumini e’lon qilishi mumkin, lekin Prezident Bosh vazirni tayinlashda o‘z nomzodini parlamentga tasdiqlash uchun taqdim etishi shart emas).
Shundan buyon mamlakat Hukumati 24 Bosh vazirni ko‘rdi. Hukumatning 12-raisi esa Edit Kresson edi. U bu lavozimda 1991 yilning 15 mayidan 1992 yilning 2 apreligacha ishlagan va Fransiya tarixida hozircha yagona ayol Bosh vazir bo‘lib qolmoqda.
LiveBarchasi