Ayol eridan qochish uchun birovning mashinasiga yashirindi. Holatga nima sabab bo‘lgandi? (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ayol turmush o‘rtog‘idan qochish uchun birovning mashinasiga yashirinishga majbur bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni Samarqandda ayol erining ruxsatisiz xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirgani sababli ular o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, ayol uyidan chiqib ketib, qarindoshinikiga ketgan. 

Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni eri turmush o‘rtog‘ini farzandi bilan uyiga qaytarmoqchi bo‘lgan vaqtida, ayol uyga bormasligini aytgan. Oqibatda yana ularning o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng, ayol ko‘chadagi mashinaga o‘tirib, haydovchidan ichki ishlarga qo‘ng‘iroq qilishni hamda eri uni urayotganini ma’lum qilgan.

Videoda ayol avtomobil ichiga yashiringani, eri esa farzandini ko‘targancha uni uni avtomobildan tushishini talab qilayotgani aks etgan. Shuningdek, videoda ayol erini tinimsiz qarg‘ayotgani, qamatish bilan shantaj qilayotganini eshitish mumkin. 

Ayol yashiringan avtomobilning haydovchisi voqea haqida 102 xizmatiga murojaat qilgan. Ular hududiy IIBga olib kelingan.

Hozirda oila birga yashab kelmoqda. Ayolga himoya orderi berish taklif qilingan, ammo uni olishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing