Avtomobillarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam berish tizimi joriy qilinadi
Jamiyat
−
22 fevral 2023
5880O‘zbekistonda yangi avtotransportlarni davlat ro‘yxatidan onlayn o‘tkazish va raqam berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Raqamlashtirish vazirligiga tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:
• aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar bo‘yicha 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portali bilan birlashtirish;
• ushbu portal orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hozirgi 370 tadan 570 taga yetkazish;
• yangi avtotransportlarni onlayn davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berish tizimini joriy qilish;
• yana 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga o‘tkazish;
• jami 11 mingga yaqin suv xo‘jaligi ob’ektlarida suv hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish;
• 2 mingdan ziyod meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashgan monitoring tizimiga o‘tkazish;
• barcha tibbiyot muassasalarini lokal tarmoq bilan qamrab olish, ularni kompyuterlar bilan to‘liq jihozlash;
• tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha 50 million dollarlik loyihani boshlash vazifasi qo‘yildi.
LiveBarchasi