IIVda yangi boshqarma va lavozim joriy etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining tashkiliy-shtat tuzilmasiga Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining ta’limni tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.

Uning zimmasiga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning ta’lim olishini samarali tashkil etish va ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 8 shtat birligidan iborat Ta’limni tashkil etish boshqarmasi tashkil etiladi.

Ta’limni tashkil etish boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

•    jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilish;

•    ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olishini samarali tashkil etish va ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni ta’minlash;

•    ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan sobiq talabalarning (o‘quvchilarning) ta’lim muassasalaridagi o‘qishini masofaviy ta’lim shakli orqali davom ettirishini tashkil etish;

•    ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali ta’lim olishi va fanlarni o‘zlashtirishi uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing