Avtobus jarga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
28 dekabr 2021
7282Kolumbiya markazida 50 dan ortiq odamni olib ketayotgan sayyohlik avtobusi yo‘ldan chiqib ketib, jarga qulab tushdi. Natijada 7 kishi, jumladan haydovchi ham halok bo‘ldi. Bu haqda “El Tiempo” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, YTH poytaxt Bogota va Medellin shaharlarini bog‘lovchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Hodisaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusdagi 46 nafar yo‘lovchi qutqarib qolingan. Ularning 30 dan ortig‘i turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Que Pasa” nashrining ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar orasida besh oylik homilasi bor ayol ham bo‘lgan. Jarohatlanganlardan olti nafarining ahvoli og‘ir. Qolganlari esa yengil jarohatlar olgan.
LiveBarchasi