Avtobus portlashida bir kishi halok bo‘ldi
Olam
−
02 iyun 2019 4105 1 daqiqa
Afg‘oniston poytaxtida yurib ketayotgan avtobus portlagan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan va 10 nafar afg‘on fuqarosi og‘ir tan jarohati olgan. Hozirda jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan. Ularning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
“Shuningdek, portlash sabab halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin”, deyilgan Tolo News telekanalining Twitterdagi sahifasida tarqatilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, avtobus shahardagi universitetlardan birining oldidan harakatlanayotgan bo‘lgan.
Live
Barchasi