Avstriyada koronavirusga qarshi emlangan ayol vafot etdi
Olam
−
07 mart 2021
5640Ehtiyot chorasi sifatida Avstriya Hukumati AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan bir nafar ayolning o‘limi va boshqasining kasalligi sababli ushbu vaksina partiyasidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Avstriya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi federal idorasi xabarida aytilgan.
Koronavirus vaksinasini olgan 49 yoshli ayol og‘ir qon ketishining buzilishi oqibatida vafot etgan. Boshqa bir emlangan ayol, 35 yoshda, o‘pka emboliya kasalligiga chalingan va hozirda o‘zini tiklamoqda. Biroq, bo‘lim asoratlarning emlash bilan bog‘liqligi to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Ikkala ayol ham Svetlda klinikada vaksinani xuddi shu turidan qabul qilgan. Bo‘lim voqea holatlariga oydinlik kiritish uchun tergovni boshlagan.
LiveBarchasi