Avstraliyalik milliarder Ukrainaga yordam bermoqchi
Olam
−
27 fevral
5627Avstraliyalik milliarder Endryu Forrest Ukrainadagi minalarni tozalash uchun 3,3 million dollar ajratishga va’da berdi. Bu haqda Avstraliyaning "9News“ telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, milliarder va uning sobiq rafiqasi Nikola Ukrainadagi minalardan tozalash loyihalariga millionlab dollar sarflashga so‘z bergan. Forrestning “Mindero Foundation” xayriya jamg‘armasi 3,3 million AQSH dollarini "Ukrainaning qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan hududlarida fermerlar foydalanishiga yaroqli maydonlar” uchun ishlatmoqchi. Shuningdek, milliarder Ukraina energetika va kommunikatsiya infratuzilmasini tiklash uchun 750 million dollar sarflamoqchi.
“Ukrainaning qishloq xo‘jaligi dunyoni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun juda muhim, chunki mamlakat BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi uchun eng yirik bug‘doy yetkazib beruvchi hisoblanadi”, deydi milliarder.
Ma’lumot uchun, Forrestning boyligi, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 19,8 milliard dollarni tashkil etadi (milliarderlarning global reytingida 95-o‘rinda). Avstraliyalik milliarderlar orasida u ikkinchi o‘rinda turadi.
Эслатиб o‘tamiz, Yevropa tinchlik jamg‘armasi (European peace facility) Ukrainaga harbiy jihatdan yordam berish uchun 500 million yevro ajratgandi. Avvalroq Ukrainaga yordam berish masalasi Yevropani ikkiga bo‘lgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi