Avstraliyada erkak 459 bolaga zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda
Olam
−
15:23 2763 1 daqiqa
Avstraliyada 27 yoshli erkak 15 mamlakatda 459 bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Kvinslend shtati politsiyasining ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlar va o‘yin platformalarida bolalarni faol ravishda kuzatib, nishonga olgan erkak Avstraliya va boshqa 15 ta mamlakatda 459 nafar bolaga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli erkak 2025 yilning fevral oyidan beri hibsda saqlanmoqda. Politsiya uning elektron qurilmalaridan zo‘ravonlikning 23 mingdan ortiq video va tasvirlarini topgandan so‘ng, 596 ta jinoyatda ayblanmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2018 va 2025 yillar oralig‘ida bir nechta onlayn profillar yaratgan va o‘zini ham erkak, ham ayol sifatida ko‘rsatgan. Erkak qurbonlardan jinsiy aloqada bo‘lgan materiallarni yuborishini so‘rab, ularga bosim o‘tkazib, qo‘rqitish bilan tahdid qilib, barcha video va rasmlarni fayllarda saqlagani aniqlangan.
Kvinslend politsiyasiga ko‘ra, hozirga qadar jami 360 nafar jabrlanuvchining shaxsi aniqlangan. Qurbonlarning 200 dan ortig‘i Avstraliyada, qolganlari xorijda, asosan ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlardan bo‘lgan. Ularning aksariyati 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ekani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya Vazirlar kengashi tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashi haqidagi xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi