Avstraliya ham O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
24 fevral
3244Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Giring (qarorgohi Moskva shahrida) kecha, 23 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qabulida bo‘ldi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Avstraliyaning O‘zbekistondagi Elchisi Jon Giring janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik", deydi Baxtiyor Saidov.
Qayd etilishicha, uchrashuv kun tartibi o‘zaro savdoni kengaytirish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalarni qamrab olgan.
Ma’lumot uchun, Giring Avstraliya Mudofaa vazirligi, Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi departamentida yuqori lavozimlarda ishlagan. Tashqi ishlar vazirligidagi faoliyati davomida Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlari bo‘limiga, so‘ngra ma’muriy bo‘limga rahbarlik qilgan.
U O‘zbekistondan tashqari, 2023 yil noyabr oyida Avstraliyaning Rossiyadagi elchisi lavozimini egallagan. Shuningdek, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalarida ham akkreditatsiyadan o‘tgan.
Ma’lumot uchun, mamlakatdagi o‘z missiyasini yakunlagan Avstraliyaning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Greym Mixan 2020-2024 yillarda faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 fevral kuni Baxtiyor Saidov Kubaning O‘zbekistonga yangi elchisidan ishonch yorlig‘i nusxasini qabul qilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr