Avgustda ayrim aholi qatlamlariga 500 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatiladi
Jamiyat
−
31 iyul 2021 8383 1 daqiqa
2021 yilning avgust oyida aholining ayrim qatlamlariga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilarga moddiy yordam ko‘rsatiladi:
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan farzandlariga;
- nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari sonidan kelib chiqib, to‘lov vedomostlarini shakllantiradi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining joriy yil 25 avgustga qadar manzilli yetkazilishini ta’minlaydi.
Live
Barchasi