Avgustda ayrim aholi qatlamlariga 500 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatiladi

Jamiyat

−

image

2021 yilning avgust oyida aholining ayrim qatlamlariga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilarga moddiy yordam ko‘rsatiladi:

  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan farzandlariga;
  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari sonidan kelib chiqib, to‘lov vedomostlarini shakllantiradi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining joriy yil 25 avgustga qadar manzilli yetkazilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing