Attraksionlardagi kamchiliklar uchun 32 nafar mansabdor jazolandi

Jamiyat

image

2022 yilda O‘zbekiston bo‘ylab istirohat bog‘laridagi attraksionlarning sifat darajasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan 43 ta tekshiruv o‘tkazilgan. Mazkur tekshiruvlar asosida jami 354 ta qonun buzilish holati qayd etilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 32 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy jazoga tortildi.

Bu haqida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ahborot hizmati rahbari Malika Mirjamolova AOKA da o‘tkazilgan brifingda hisobot berib o‘tdi.

Uning aytishicha, joriy yilning o‘zida nosozliklar sabab 59 ta attraksion vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatgan.

Shuningdek, bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida endilikda istirohat bog‘larida attraqsiolardan foydalanish uchun har mavsum oldidan ruhsatnoma olish shart etib belgilandi.

“Istirohat bog‘larida attraksionlardan foydalanish bo‘yicha tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslarida 670 nafar hodim malakasini oshirish uchun o‘qitildi”, dedi Malika Mirjamolova. 

Bundan tashqari, attraksionlarga oid soha faoliyati qonunchilik tizimini takomillashtirish yuzasidan attraksionlardan foydalanish va ularga texnik hizmat ko‘rsatish bo‘yicha qoidalar ishlab chiqildi va bu Adliya vazirligi tomonidan normativ hujjat sifatida qabul qilindi.

Qonunga qo‘ra, attraksionlarni montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish bo‘yicha ruhsatnoma olish pasporti kiritildi.

Charos Xolmurodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing