Attestat va shahodatnomaning yangi namunasi tasdiqlandi
Jamiyat
−
16 may 2019
6628Vazirlar Mahkamasi tomonidan 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma va attestatlarning hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan sertifikatning yangi namunasi tasdiqlandi.
Yangi namunadagi shahodatnoma va attestat hamda sertifikat 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi munosabati bilan tasdiqlandi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilk marotaba nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ham davlat namunasidagi shahodatnoma va attestatlarni berish nazarda tutildi.
Maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va attestat berishda elektron tizim joriy etiladi. Eng muhimi, ushbu hujjatlar orqa qismida QR-kod joylashtiriladi va uni skaner qilish orqali bitiruvchi haqida umumiy bazadan ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.
LiveBarchasi